“Bir tur insonlar boʻladiki, ular oʻz mazhabidan xorijda boʻlgan yoki fikrlash tarzi oʻz fikriga uyqashmaydigan kishilarga yovlik qiladilar. Ularni tuban koʻradilar. Bunday hol va bunday xatti-harakat jamiyatni yemiruvchi juda yomon bir kasallikdir. Ulugʻ shaxslari shunday taassubga duchor boʻlgan koʻpdan-koʻp jamoalar bir-birlariga kek saqlaydilar va yovlik qiladilar” (Abu Homid Gʻazzoliy).
Salomlashib yuringlar
“Salom” – Tangrining yerdagi ismlaridan biridir. Bir-birlaringiz bilan salomlashib yuringlar. Zero, moʻmin kishi odamlar oldidan oʻtib borayotib ularga salom bersa, ular ham alik olishsa, ularga salomni eslatgani uchun bir daraja koʻp savobga erishadi....
So’nggi izohlar