“Salom” – Tangrining yerdagi ismlaridan biridir. Bir-birlaringiz bilan salomlashib yuringlar. Zero, moʻmin kishi odamlar oldidan oʻtib borayotib ularga salom bersa, ular ham alik olishsa, ularga salomni eslatgani uchun bir daraja koʻp savobga erishadi. Mabodo alik olishmasa, unga bari bir, ulardan yaxshiroq va afzalroq zotlar, yaʼni farishtalar alik olishadi.
Qalb sogʻlom boʻlsin!
Kimki qalbini imon uchun xolis va sogʻlom, tilini rostgoʻy, oʻzini xotirjam, xulqini toʻgʻri, qulogʻini tinglovchi, koʻzini ibrat nazari bilan boquvchi qilib olgan boʻlsa, demak, u baxtlidir.
So’nggi izohlar