Nafs insonni har on toʻgʻri yoʻldan ozdirishi mumkin, shu bois u bilan tinimsiz kurashish kerak. Yana, vasvasachi shayton insonda oʻziga yordamchi topadi. Bu – nafsning havoyi orzularidir.
Soʻfiy Allohyor
“Sabotul ojizin” dan
Man oʻlsam, ey jamiʼi mahrami roz,
Mani oʻzga oʻlukdek qilmang eʼzoz.
Xasu xor ustiga tashlang, tutung xor,
Qiling mandek bahoyim jismidin or.
Boʻsagʻa ustiga tashlab tanimni,
Kafan aylang chirik pirohanimni.
Manga hayf etmangizlar tutmagan boʻz,
Agar chandiki mardum qilsalar soʻz.
Yuborung tez boraturgʻon yoʻlumgʻa,
Mabodo, qolmagʻaysiz shumlugʻumgʻa.
Koʻzingizdin chiqarmang qatrai yosh,
Janozam orqasidin otingiz tosh.
Ayogʻimdin tugub sudrang lahadga,
“Nechun qilmading, – deb, – qulluq Ahadga”.
Agar chandiki man oʻlsam gunohkor,
Duovu zorigʻa sizlar boʻding yor.
Deyingiz: “Parvardigoro, Kirdigoro,
Rahimo, magʻfiratligʻ Biru Boro,
Olib kelduk Sani qochqon qulingni,
Xatolar bobini ochqon qulingni.
Kelibdur, hiylasi yoʻqtur ketargʻa,
Tili yoʻqtur bu qulni uzr etargʻa.
Agar bersang jazo – Qodir Xudosan,
V-agar afv aylasang – San Podshosan.
Agar chandiki yoʻq ilkida hech shay,
Bu qochqon qulni rasvo qilma, yo Hayy!”.
Na boʻlgʻay bu duolardin Xudoyim
Bu qochqon bandagʻa oʻgsa jaroyim.
So’nggi izohlar