“Agar men doʻzaxdan qoʻrqib Senga topinsam, meni doʻzaxga tashla! Agar jannat umidi bilan topinsam, jannatni menga harom qil!.. Agar Sening Oʻzing uchungina topinsam, menga diydoringni nasib ayla!”
Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Mendan rivoyat qilingan biror hadisni eshitganlaringizda dillaringizga tanish, badanlaringizga taʼsir qiladigan va aqllaringizga sigʻadigan boʻlsa, demak, u mening aytgan hadisimdir. Ammo eshitgan hadislaringiz buning aksidek boʻlsa, demak, u mening aytgan hadisim emasdir”.
Tilanma
Odamlardan hech bir narsani tilanib soʻrama. Hatto ot ustidan qoʻlingdan qamching tushib ketsa ham, oʻzing tushib ol (hadis).
Befoyda so’zlardan tiyil
Tilini befoyda soʻzlardan tiyib olmaguncha kishi imonning halovati qanday boʻlishini sezmaydi (hadis).
Moʻminlar bir-birlariga birodar
Moʻminlarning hammasi bir-birlariga birodardirlar. Ularning biri ikkinchisidan ortiq emas, balki ortiq-kamlik taqvoga qarab belgilanadi.
Rahm qilmaganga rahm qilinmaydi
Rahm qilmaganga rahm qilinmaydi, kechirmaganni kechirilmaydi va birovning uzrini qabul qilmaganning tavbasi ham qabul qilinmaydi (hadis).
Mo’minga ozor bersa
Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) aytadilarki: “Kimki biror mo’minga ozor bersa, go’yoki u menga ozor bergan bo’ladi. Menga ozor bergan Tangriga ozor bergan bo’ladi” (hadis).
Diyonatga yarasha
Payg’ambarimiz (s.a.v.) aytganlarki: «Injilda shunday ibora bor: diyonatingga yarasha jazo yoki mukofot olursan, o’lchovinga yarasha ulush olasan».
G’oyibona duo
Qaysa bir mo’min o’z birodari haqiga g’oyibona duoda bo’lsa, bir farishta bu bandaga: “Senga ham shunday bo’lsin”, – deb turadi.
Yaxshi xulq
Bandaning savob tarozusida yaxshi xulqdan og’irroq ish yo’qdir. Uning darajasi hatto namoz va ro’zaning darajasi bilan barobardir.
Mol-dunyo hirsi
Bandaning molu dunyoga qo’ygan hirsi ikki och bo’rining qo’y podasiga qilgan tajovuzidan ko’ra zararliroqdir. Zero, bu bilan u o’z dini-iymoniga putur etkazadi.
Ayolingni hurmat qil
U qanday erki, xotinini qulni urgandek urib, so’ng kechasi u bilan birga yotadi?! (hadis)
Boylik – nafs to’qligida
Boylik molu dunyoning ko’pligi bilan emas, balki nafsning to’qligi bilan (hadis).
Ro’za haqida
Ro’za faqatgina eyish-ichishdan saqlanish bilan emas, balki behuda, bema’ni va yomon so’zlardan saqlanish bilandir. Agar biror kishi seni so’ksa, sen unga: “Men ro’zadorman”, – deb uzr aytgin.
Kim kuchli?
Kurash tushib yiqitgan emas, balki g’azabi kelganda o’zini bosib olgan odam kuchlidir (hadis).
Gap – niyatda
Kishi vafo qilish niyatida va’da bergan bo’lsa-yu, uni bajara olmasa – bu va’dani buzgani bo’lmaydi. Ammo vafo qilmaslik niyati bilan va’da qilsa – bu ayni xilofdir.
Faqat tuproq bilan
Inson bir vodiy to’la mol-dunyo berilsa, u ikkinchi vodiyni ham xohlaydi. Ikkinchisidan keyin uchinchisini va hokazo, uning nafsi to’ymaydi. Inson ko’zini faqat tuproq to’ydiradi. Kim tavba qilsa, Tangri uni kechiradi.
Cho’pon kabi
Ilmga nisbatan goʻyo choʻpon kabi posbon boʻlinglar, lekin ilmni faqat rivoyat qiluvchi boʻlmanglar (hadis).
Tilamchilik haqida
Tilamchilik nima ekanligini bilganlaringda edi, birortalaringiz ham biror kishidan hech narsa soʻramas edingiz.
Choʻponlik xizmati
Sizlarning har biringiz bamisoli choʻpondirsizlar va oʻz qoʻl ostilaringizdagilarga masʼuldirsizlar. Podshoh oʻz fuqarolariga, er oʻz ahlu ayoliga, xotin erining uyiga, xodim oʻz xojasi moliga, farzand oʻz otasi mulkiga masʼuldir. Demak, har birlaringiz masʼuldirsizlar (hadis).
Xiyonat va yolgʻonchilik
Xiyonat va yolgʻonchilikdan boshqa har bir nuqson moʻminda boʻlishi mumkin.
Moʻminning moli va obroʻsi…
Har bir moʻminning moli, obroʻsi va qoni boshqa moʻmin uchun haromdir. Birodarini haqorat qilishi bilan kishining yomonligi bilinur.
Qalb sogʻlom boʻlsin!
Kimki qalbini imon uchun xolis va sogʻlom, tilini rostgoʻy, oʻzini xotirjam, xulqini toʻgʻri, qulogʻini tinglovchi, koʻzini ibrat nazari bilan boquvchi qilib olgan boʻlsa, demak, u baxtlidir.
Nohaq hukm chiqarguvchilar
Ikki xil qozilar borki, ular doʻzaxga mahkumdirlar, bir xillari esa jannatiydirlar. Haqni bilsa-da, nohaq hukm chiqaradigan yoki umuman ilmi yoʻq boʻla turib, oʻz xohlaganicha hukm chiqaradigan qozilar doʻzaxiydirlar (hadis).
Ilm ikki xil
Ilm ikki xildir: biri qalbdagi ilm boʻlib, u foydalidir. Ikkinchisi tildagi ilm boʻlib, u Tangri huzurida banda zarariga dalil boʻladi.
Dinni oson qilinglar
Paygʻambarimiz hadislaridan birida bunday deyilgan: “Bilganlaringizni boshqalarga ham bildiringlar. Dinni oson qilib koʻrsatinglar, qiyin qilib yubormanglar. Odamlarni suyuntiradigan gaplardan gapiringlar, ularni turli tahdidlar bilan qoʻrqitib, bezdirib qoʻymanglar! Gʻazabingiz xuruj qilsa, sukut saqlanglar!” Boshqa...
Ilm o’rganish
Bir soatgina ilm oʻrganish bir kechalik ibodatdan yaxshi, bir kunlik dars esa uch oy tutilgan nafl roʻzadan afzaldir.
Salomlashib yuringlar
“Salom” – Tangrining yerdagi ismlaridan biridir. Bir-birlaringiz bilan salomlashib yuringlar. Zero, moʻmin kishi odamlar oldidan oʻtib borayotib ularga salom bersa, ular ham alik olishsa, ularga salomni eslatgani uchun bir daraja koʻp savobga erishadi....
Qalbni isloh qiling
Kishi kechalari bedorlik bilan ibodat qilgani va kunduzlari roʻzador yurgani bilan boshqa nomaqbul ishlardan saqlanmasa, bedorligu, ochu tashnalikdan boshqa nasibani qoʻlga kirita olmaydi.
Suhbatingiz shirin boʻlsin
Sizlarning yaxshilaringiz – xushxulq, shirin suhbatlilaringizdir. Yomonlaringiz esa ogʻzini toʻldirib, ezmalik ila koʻp gapiruvchilaringizdir.
Yurak sogʻlom boʻlmasa…
Halol ham, harom ham aniq boʻldi. Ularning oʻrtasida shubhali narsalar bor. Koʻp odamlar buni bilmaydilar. Kimki shubhali narsalardan saqlansa, dinini ham, obroʻsini ham pok saqlagan boʻladi. Kimki shubhali narsalarga tushib qolsa, haromga oʻtib...
Yolgʻonning oxiri voy
Rostgoʻylikda xavfu xatar koʻrsanglar ham rost soʻzlanglar. Shunda najot topasizlar. Garchi foyda koʻrib turgan boʻlsangiz ham yolgʻondan saqlaninglar. Chunki baribir yolgʻonning oxiri voy.
Gumon va josuslik haqida
Gumondan saqlaninglar! Zero, u yolgʻon gapdan iboratdir. Bir-birlaringizni tekshirib josuslik qilmanglar. Mol-dunyo uchun musobaqa qilmanglar. Oʻrtalaringda hasad, adovat va arazlash boʻlmasin. Tangrining oʻzaro birodar bandalari boʻlinglar. Birov qoʻygan sovchi ustiga, to ular oʻzaro...
Yaxshi odam bilan oʻtirish
Yaxshi odam bilan oʻtirish goʻyo mushku anbardek, yomon odam bilan birga boʻlish esa temirchining bosqoni kabidir. Mushku anbari bor kishidan xushboʻy hid taraladi, sen undan uni sotib olishing yoki xushboʻy hididan bahramand boʻlishing...
Xulqni yaxshilang
Moʻmin kishi oʻzining yaxshi xulqi bilan kechasi qoim va kunduzi soimlar darajasiga erishadi.
Muhtojlarga yordam ber
Tangri qiyomat kuni aytadi: “Ey inson farzandi! Betob boʻldim, meni kelib koʻrmading”. U odam aytadi: “Ey rabbim, sen butun olamning Parvardigori boʻla turib men seni qanday koʻrishim mumkin edi?” Tangri aytadiki: “Falonchi odamni...
Qalbni bezang
Tangri sizlarning tashqi koʻrinishingiz yoki molu dunyongizga emas, balki dillaringizga va ishlaringizga qarab baho beradi.
Gʻazabdan tez qayt
Odamlarning yaxshisi — gʻazabi sekin kelib, asliga tez qaytadiganidir. Ularning yomoni esa — gʻazabi tez kelib, asliga sekin qaytadiganidir. Gʻazabi sekin kelib, sekin ketsa yoki tez kelib tez ketsa, bu ham durust.
Kimning iymoni komil?
Iymon jihatdan moʻminlarning komilrogʻi – xulqi yaxshi boʻlgani va xotinlarga yaxshi muomala qiladiganidir.
Tushunib oʻqing
Qurʼonni oʻqib unga amal qilinglar. Undan uzoqlashib ham ketmanglar, uning maʼnosiga chuqur maʼno beraman, deb xato va mubolagʻaga berilib ketmanglar. Uni tirikchilik vositasi qilib olib, molu dunyo orttirishga ham oʻtmanglar.
Илм ўргатинг
Садақанинг афзали мўмин кишининг илм ўрганиб, сўнг бошқа мўминларга ҳам ўргатишидир.
Mehmondoʻst boʻling
Salomlashib yuringlar, odamlarga taom yediringlar, Tangri buyurgandek oʻzaro birodar boʻlinglar.
Salomlashib yuringlar
Bir-birlaringiz bilan salomlashib yuringlar. Shunda oʻrtanglarda mehr-muhabbat uygʻonadi.
Xotin va erga haqlirogʻi…
Odamlar ichida xotin kishiga nisbatan haqlirogʻi uning eridir. Erkak kishiga nisbatan odamlarning haqlirogʻi – bu uning onasidir.
Gʻazablansang sukut qil
Qaysi biringizda jahlu gʻazab qoʻzisa, darhol sukut saqlashga oʻtsin.

Tanangizni ilitsa
“Mendan rivoyat qilingan biror hadisni eshitganlaringizda dillaringizga tanish, badanlaringizga taʼsir qiladigan va aqllaringizga sigʻadigan boʻlsa, demak, u mening aytgan hadisimdir. Ammo eshitgan hadislaringiz buning aksidek boʻlsa, demak, u mening aytgan hadisim emasdir”.
Omonat gap
Biror kishi gapirgan paytida u yoq-bu yoqqa qarab qoʻysa, demak bu gap omonatdir.
Shubhali fikrlardan uzoqlashing
Qachonki xayolingizdan biror shubhali fikr oʻtsa, uni tark eting!
Yolgʻon gapirish
Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday bayon qiladilar: “Sidq, albatta, yaxshilikka, yaxshilik jannatga yetaklaydi. Kishi toki rost gapirar ekan, u Alloh huzurida “siddiq” degan nomga sazovor boʻladi. Yolgʻon, albatta, buzuqlikka, buzuqlik esa doʻzaxga eltadi....
Riyoning uch belgisi
“Munofiqlikning uchta belgisi bor: yolgʻon soʻzlash, vaʼdasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish”.
Yaxshi xulq va taroz
Nabiy (s.a.v.) aytadilarki: “Tarozida yaxshi xulqdan ogʻir keladigan narsa yoʻq” (imom Ahmad).
Yaxshi soʻz ayting yo… gapirmang
“Kim Allohga va qiyomat kuniga imon keltirgan boʻlsa, yaxshi soʻz aytsin, boʻlmasa soʻzlamasin” (Buxoriy).
Umr yoʻldoshimizga nisbatan…
Abu Hurayra (r.a.) dan rivoyat qilinadi: “Nabiy (s.a.v.): “Moʻminlarning iymoni komilrogʻi xulqi yaxshirogʻidir. Sizlarning yaxshilaringiz – xotinlariga yaxshilik qiladiganlaringizdir”, dedilar” (Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan).

Ийсо (а.с.) нинг қиёматда келиши
304/1. Абу Ҳурайра розийаллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Менинг жоним Унинг ядида бўлган Зотга қасам, яқин кунларда сизларга (Исо) ибн Марям адолатли ҳукм чиқариш учун тушиб, хочни синдирадилар, чўчқани ўлдирадилар,...
So’nggi izohlar