«Эй мўминлар, кўп гумонлардан четланинглар, чунки баъзи гумонлар гуноҳдир» (Ҳужурот сураси 12).
Choʻponga murojaat qil
Bir shayx qoʻlida tahsil koʻrgan kishi bor ekan. Bir kuni oʻsha kishi shayxdan soʻrabdi: “Ruxsatingiz bilan endi men ham odamlar orasiga kirib, sizdan olgan bilimimni oʻrgatsam”. Shayx debdi: “Bir savolim bor. Agar unga javob berolsang, demak, boshqalarni oʻqitishga tayyorsan. Bilki, beradigan savolim Qurʼondan emas”, qoʻshimcha qilibdi shayx. Keyin: “Qishlogʻingga keta turib yoʻlda choʻponlar bor joydan oʻtasanmi?” deb soʻrabdi. Murid “ha” deb javob berdi. Shunda shayx soʻradi: “Choʻpon qoʻylarini boqib yurgan joydan oʻtar ekansan, mabodo uning bahaybat qoʻriqchi beshta itidan biri senga tashlanib qolsa, nima qilgan boʻlarding?” Murid dedi: “Qoʻlimga tosh olib, unga otaman”. Shunda shayx dedi: “Sen tosh bilan bitta itni urib qulatarsan, lekin qolgan toʻrttasi seni gʻajib tashlaydi-ku.” Murid dedi: “Unda qoʻlimga tayoq olib, itlarni quvishga urinaman”.
Shayx yana dedi: “Yana qaytarib aytaman, shunday qilganingda ham itlarning bir yo ikkitasini quvarsan, qolganlari baribir senga hujum qiladi. Koʻryapmanki, sen hali qishlogʻingdagi odamlarga saboq berishga tayyor emas ekansan”.
Murid soʻradi: “Yo shayx, u holda menga toʻgʻri javobni ayting”…
Shayx shunday dedi: “Agar choʻponni chaqirsang, u dam olayotgan joyidan chiqib, har bitta itni nomi bilan chaqiradi va itlar hamladan toʻxaydi”.
Shundan soʻng shayx yana qoʻshimcha qilib dedi: “Bu dunyoda senga xuddi oʻsha itlar kabi hujum qiladigan odamlar koʻp, agar sen ular bilan urushmoqchi boʻlsang, yengilasan. Lekin agar sen ularning egasini, ularni yaratgan Yagona Zotni yordamga chaqirsang, u Zot dushmanlaringni nomma-nom chaqirib, seni himoya qilgaydir”.
So’nggi izohlar