Dilozorlarning hammasi doʻzaxga mahkum (hadis).
Mo’minga ozor bersa
Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) aytadilarki: “Kimki biror mo’minga ozor bersa, go’yoki u menga ozor bergan bo’ladi. Menga ozor bergan Tangriga ozor bergan bo’ladi” (hadis).
Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) aytadilarki: “Kimki biror mo’minga ozor bersa, go’yoki u menga ozor bergan bo’ladi. Menga ozor bergan Tangriga ozor bergan bo’ladi” (hadis).
Payg’ambarimiz (s.a.v.) aytganlarki: «Injilda shunday ibora bor: diyonatingga yarasha jazo yoki mukofot olursan, o’lchovinga yarasha ulush olasan».
Qaysa bir mo’min o’z birodari haqiga g’oyibona duoda bo’lsa, bir farishta bu bandaga: “Senga ham shunday bo’lsin”, – deb turadi.
Bandaning savob tarozusida yaxshi xulqdan og’irroq ish yo’qdir. Uning darajasi hatto namoz va ro’zaning darajasi bilan barobardir.
Bandaning molu dunyoga qo’ygan hirsi ikki och bo’rining qo’y podasiga qilgan tajovuzidan ko’ra zararliroqdir. Zero, bu bilan u o’z dini-iymoniga putur etkazadi.
U qanday erki, xotinini qulni urgandek urib, so’ng kechasi u bilan birga yotadi?! (hadis)
Boylik molu dunyoning ko’pligi bilan emas, balki nafsning to’qligi bilan (hadis).
Ro’za faqatgina eyish-ichishdan saqlanish bilan emas, balki behuda, bema’ni va yomon so’zlardan saqlanish bilandir. Agar biror kishi seni so’ksa, sen unga: “Men ro’zadorman”, – deb uzr aytgin.
Kurash tushib yiqitgan emas, balki g’azabi kelganda o’zini bosib olgan odam kuchlidir (hadis).
Kishi vafo qilish niyatida va’da bergan bo’lsa-yu, uni bajara olmasa – bu va’dani buzgani bo’lmaydi. Ammo vafo qilmaslik niyati bilan va’da qilsa – bu ayni xilofdir.
Inson bir vodiy to’la mol-dunyo berilsa, u ikkinchi vodiyni ham xohlaydi. Ikkinchisidan keyin uchinchisini va hokazo, uning nafsi to’ymaydi. Inson ko’zini faqat tuproq to’ydiradi. Kim tavba qilsa, Tangri uni kechiradi.
So’nggi izohlar