Salomlashib yuringlar, odamlarga taom yediringlar, Tangri buyurgandek oʻzaro birodar boʻlinglar.
Chindan ham boʻlib oʻtkan voqea
Bu hikoyamiz qahramoni Vali. Hayotda darhaqiqat yashagan odam. U kichkina bir shaharda, eshiklari chang bosgan, hidi yoqimsiz, koʻrimsiz uyda yashar edi. Yashayotgan uyi qandoq boʻlsa, Valining hayoti ham shundoq edi…
Vali, Olapar degan itini hisobga olmasak, yolgʻiz edi. “Itimning oʻtmishi ham, kelajagi ham yoʻq”, — deb kulib qoʻyardi. oʻzimning ham kelajagim yoʻq, deb bilardi. Hayoti geroin bilan bogʻlangan edi-da. Shogirdlari juda koʻp edi. Ular uni oʻz otasidek koʻrishardi. Chunki hammasiga qoʻrquvni yengishga, virtual “ozodlikka” erishishga yordami tekkandi. Ha, bu shaharda geroin baxtli edi.
Ular uchun goʻyo geroin har xil qiyinchiliklardan saqlardi, huzur-halovatga yetaklardi. Bir xil, zerikarli umrni guldek yashnatib, qiziqarli qilib koʻrsatardi. Ha, bu shaharda Valining narkoman shogirdlari koʻp edi.
Lekin shundoq boʻlsa ham, qahramonimiz yolgʻiz edi. Albatta, iti Olaparni hisobga olmaganda. Olapar Valining ortidan hech qolmasdi, birga yurardi, birga uxlardi, sovuq kunlarda Valini yungi bilan, issiq nafaslari bilan isitardi. Hatto egasining geroinga zor boʻlib, ogʻir ahvolda boʻlgan, oʻlimdan qoʻrquvga tushgan paytlarida ham birga boʻlardi, dalda berardi.
Geroin degan balo oʻzini doʻstdek koʻrsatgani bilan, maqsadi – xoʻjayin boʻlish. U senga har doim baxtning yangi tomchilarini bergandek boʻladi. Lekin u bergan baxt, kayfing tarqagach, bir zumda yoʻqolib, avvalgi hayoting qaytib keladi. Yana baxtli boʻlay, deb geroinni qayta-qayta qabul qilasan. Shu tarzda, geroin seni oʻziga qul qiladi. Endi mendan qochib qutulib boʻpsan, sening taqdiring ham, baxting ham menman, deydi. Avvalgi muloyim, seni baxtli qiluvchi doʻsting darrov zolim xoʻjayinga aylanadi-da, qoladi…
Eh, Vali, Vali! Tirik qolishi uchun kuniga geroin qabul qilishing kerak. Lekin Abdulla degan kishi narkoman emas emas edi. Ha, aytganday, Abdulla kimligini bilmaysiz-a. Xalq aytishicha, yaxshi odam, biroq juda xayolparast. Birovlar uni idealist desa, birovlar uni domullo, dinga chuqur ketgan deyishardi. Boshqalar esa hamma narsaga jiddiy qarayveradi, gʻayriijtimoiy odamlarga yordam beraman, deb vaqtini zoyega ketkazib yuradi, derdi.
Chindan ham Abdulla hamma narsani jiddiy qabullardi. Gʻayriijtimoiy odamlarga, xususan Valiga ham joni achirdi. Jon-jahdi bilan Valini toʻgʻri yoʻlga solmoqchi boʻlardi. Vali esa oʻz bilganidan qolmasdi. Abdullani iti Olaparga oʻxshatib, menga juda gʻamxoʻr-da, deb oʻylardi.
Abdulla baribir jiddiyligini, xayolparastligini qoʻymadi. Kuniga Valiga Kalom oʻqib berar, u bilan Alloh haqida suhbatlashardi. Allohning oʻz bandalarini sevishini, najot xohlagan har bir odamni azobdan qutqara olishini aytardi. Allohning yordami, qudrati bilan geroindan ozod boʻla olasan, bu kunlarni hali hech koʻrmagandek boʻlib ketasan, deb koʻnglini koʻtarardi.
Kunlar oʻtdi. Oylar oʻtdi. Valining kun sayin ahvoli nochorlasa, nochorlar, yaxshilashmasdi. oʻzini holdan toygan eshakdek his qilardi. Lekin Abdulla aytganday duo qilib Allohdan najot soʻrashni toʻxtatmadi. Xudo chindan ham najot bera olishiga ishona boshladi.
Nihoyat, alhamdulillah, Valining hayoti yaxshi tomonga oʻzgardi! Boshida bu oʻzgarish faqat sirtdan, uning Kalomni oʻqishidan payqaldi. Keyin asta-sekin geroinni tashlashni boshladi. Albatta, chiday olmay qabul qilib qoʻygan vaqtlari ham boʻldi. Geroindan qutulish oson kechmadi. Rosa qiynaldi, geroin yomon narsa-da. Biroq Xudoga shukr, geroinni umuman tashlab keta oldi. Abdulla sodiq doʻstdek har doim uning yonida boʻldi, qiynalganda dalda berdi, “yiqilganda” turgʻazdi. Mana, Vali yangi odamga aylandi, qaytadan tugʻildi! Endi uning umri oʻzgarib, Allohning muhabbatiga toʻlib-toshdi. Kalom unga haqiqiy baxtni bergan edi. “Essiz, zolim geroinga qul boʻlgan kunlarim”, — deb eslab qoʻyardi. Haqiqiy ozodlik geroindan emas, balkim Xudodan emasmi, birodarlar.
Shunday qilib, Vali ham Abdulla kabi “xayolparast” ga aylandi. U Sevara uchun kurashishni boshladi. Bir yil oldin u ayolni oʻzi geroinga oʻrgatgan edi. Vali sabr qilishga, Abdulladek irodali boʻlishga oʻrgandi. Umid va sabr bilan Sevaraga kuniga Kalomdan oʻqib berar, u bilan Xudoning mehribonligi, har qanday yomonlikdan ozod qila olishini aytardi. Mana men oʻzgardim, Sevara ham oʻzgaradi, deb ishonardi. Sevara uchun duo qilib turardi. Alhamdulillah, Sevara ham yangi odamga aylandi, yangi hayotga qadam qoʻydi.
Sevara avvalo qizini bolalar uyidan chiqarib oldi, keyin-chi, keyin Valiga turmushga chiqdi. Ularning muhabbati dunyoga boshqa farzandlar keltirdi…
Kichkina shahar. Koʻrimsiz bir uy. Biroq endi Valining hayoti u uyga oʻxshamasdi…
So’nggi izohlar