Sizlarning yaxshilaringiz – xushxulq, shirin suhbatlilaringizdir. Yomonlaringiz esa ogʻzini toʻldirib, ezmalik ila koʻp gapiruvchilaringizdir.
Yodgor Obid: Turkiston
Xayoldan, tuygʻudan, rangdan iborat-
Orzular sharbatin emgan hayajon.
Asli saхovatning ramzidir faqat –
Oʻzbek yuragiday ochiq dasturxon.
Shirin bir entikish, shirin halovat –
Koʻngilni qalqitar. Yogʻdirar surur,
Ochiq dasturxonga qilaman daʼvat …
Doʻstlar ham rad etmas… Xudoga shukur!
Suhbat ham soz boʻlar. Davra ham gavjum.
Bu – shunday orzudir, bu – shunday armon.
Anordek oʻrtada koʻrsatar husnin –
Bagʻri tilim-tilim boʻlgan Turkiston!
So’nggi izohlar