Payg’ambarimiz (s.a.v.) aytganlarki: «Injilda shunday ibora bor: diyonatingga yarasha jazo yoki mukofot olursan, o’lchovinga yarasha ulush olasan».
Nay taronasi: Rumiy
Tingla, nay andoq hikoyatlar qilur,
Ayriliqlardan shikoyatlar qilur.
Men qamish erdim, kesib keltirdilar,
Sanchilur, deb taʼnaga oʻldirdilar.
Pora-pora qildi koʻksimni firoq,
Baski, soʻylay emdi dardu ishtiyoq…
Kim yiroq tushsa, yoʻqotsa aslini,
Boz istar, boz qoʻmsar vaslini.
Davralar koʻrdim necha nolon boʻlib,
Jufti badholonu xushholon boʻlib.
Har kishiki boʻldi bir dam yor menga,
Bilmadi ne sirru ne asror menga.
Tan-la jon, jon birla tan mastur emas,
Kimsa bormu, jon anga dastur emas.
Oʻt erur nay nolasi, u yel emas,
Kimki kirmas oʻtga, borsin, el emas.
Nayni yondirgan oʻshal ishq otashi,
Mayni yondirgan oʻshal ishq otashi.
Nay sasi yordin darak ermish, ne bok,
Pardasi pardamni etmish chok-chok…
Lab ochib, sochdim koʻngil asrorini,
Nay kabi toʻkdim yurakda borini.
Kimki boʻlmish hamzabondin benavo,
Bezabondir garchi unda yuz navo…
Chunki gul ketsa, guliston qolmagay,
Soʻngra bulbul birla doston qolmagay.
Tingla bu nay ne hikoyat aylagay,
Ayriliqlardin shikoyat aylagay.
Aylagach ayro nayistondin bu dam,
Tingladi erkak-ayol hasrat-la gʻam.
Ayriliqdin pora siyna istaram,
Toki dardim shavqidin sharh aylaram.
Kimki ayrilgan erur oʻz aslidin,
Istagay takror nishon ul vaslidin.
Men bu odam qavmi ichra nay edim,
Shodu gʻamgin ilkida birday edim.
Har biri oʻz shubhasidin yor edi,
Bilmagay lek ichda ne asror edi.
Sirlarim ermas figʻonimdin yiroq,
Yoʻq erur koʻzlar ichinda nur biroq.
Bir-biridan tan va jon pinhon emas,
Kimsaga jon koʻrmagi farmon emas.
Nay ovozi gʻam erurkim yel emas,
Kimda ul gʻam boʻlmasa, ul el emas.
Naydagi otash ham asli ishq erur,
Maydagi joʻshish ham asli ishq erur.
Yordin ayrulargʻa nay ham yor erur,
Pardasidin pardalar sadporadur.
Naydayin ogʻuyu afyun kim bilur,
Naydayin hamdam va shaydo kim boʻlur.
Qon boʻlib yoʻllar, kalomin shavqidin,
Soʻylagay nay qissa Majnun ishqidin.
Mahramidir hushni hushsizlar-ki, bas,
Tilga tolibdir – quloqdin oʻzgamas.
Boʻldi tun, gʻam birla kun bizlar uchun,
Erdi hamroh, soʻz bilan kunlar junun.
Oʻtsa kunlar aytki: “Parvo boʻlmagay,
Sen faqat qol, Sendayin pok oʻlmagay”.
Qonadir suv birla kas, mohdin boʻlak,
Benasib, kun oʻtmogʻin kutmoq kerak.
Topmasa gar puxtadan hech narsa xom,
Kalta qilgin soʻzni endi, vassalom.
Fors tilidan Buxoriy tarjimasi.
So’nggi izohlar