Ikki xil qozilar borki, ular doʻzaxga mahkumdirlar, bir xillari esa jannatiydirlar. Haqni bilsa-da, nohaq hukm chiqaradigan yoki umuman ilmi yoʻq boʻla turib, oʻz xohlaganicha hukm chiqaradigan qozilar doʻzaxiydirlar (hadis).
Islom va Zamon: H.Hakim
Китобни ПДФ да тўлиқ ўқиш учун ушбу линкни босинг
SOʻZ BOSHI
“Islom va zamon” kitobi musulmonlarning bugungi muammolari, kelajak avlodni, qizlarni maktablarda yaxshi oʻqitish, maktablardagi taʼlim sifatini yaxshilashga harakat qilish, ichki ziddiyatlarni yoʻqotish, inson huquqlari masalasi, boshqa dinlar odamlari bilan yaxshi munosabat oʻrnatish, demokratiyaning musulmonlar hayotidagi oʻrni, musulmonlarning demokratik printsiplarni qoʻllashlari islom asoslariga muvofiq va zarurligi haqida yozilgan. Hozirgi kundagi eng dolzarb masala — islom va terrorizm haqida fikrlar bildirilgan. Terrorizm islomning printsipi emas, islomni notoʻgʻri tushungan va tushuntirayotgan gʻalamis odamlarning printsipi ekani isbotlab berilgan. Kitobning oxirida bu muammolarni yoʻqotish uchun qilish kerak boʻlgan ishlarning dasturi berilgan.
Bu kitobning chiqishi mamlakatimizning demokratik rivojlanishi uchun yordam qiladi deb umid qilaman.
Oxirgi mahallardagi, odamlari tinchliksevar shunday jannatmakon yurtimizdagi terroristik xurujlar, bezovtaliklar meni bu masalani chuqurroq oʻrganib, asrimiz vabosiga aylanib borayotgan terrorizmning koʻpayib borayotgani, hamda salomatlik, insonparvarlik dini boʻlgan islom dinidagi yurtdoshlarimiz orasidan bu kasalga chalinganlar soni koʻpayib ketayotganining sabablarini diniy va dunyoviy nuqtai nazardan tahlil qilib chiqishga, oʻz xulosalarimni sizlar bilan oʻrtoqlashishga majbur etdi. Quyida musulmonlarning aynan bugungi kundagi muammolari va ularni bartaraf etib, dunyo hamjamiyati orasida munosib oʻrin egallashlari uchun qilish kerakli boʻlgan ishlar haqida yozilgan kitobimni eʼtiboringizga havola etmoqchiman.
Habibullo Hakim
“Sciyence progress” xalqaro (taʼlimni rivojlantirish) xayriya fondi raisi
So’nggi izohlar