Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) aytadilarki: “Kimki biror mo’minga ozor bersa, go’yoki u menga ozor bergan bo’ladi. Menga ozor bergan Tangriga ozor bergan bo’ladi” (hadis).
Ibodat
Ibodat ne? Yaratganga
itoat ham ibodatdir,
Haqiqiy bandalik birlan
sadoqat ham ibodatdir.
Ibodatdir, tiriklikni
etolsang maʼrifat bogʻi
Mashaqqatlik ilm, sanʼat
qiroat ham ibodatdur.
Onang bilan otang qalbi
oʻtar Kaba tavofidan,
Alar koʻnglini shod etsang,
shu xizmat ham ibodatdir.
Xabar oldingmi bemordan,
qarindosh doʻst musofirdan?
Birovni yoʻqlasang dildan,
ziyorat ham ibodatdir.
Sevib Mirzo, faqat doʻstlik
bilan dillarni obod et,
Agar Alloh uchun sevsang,
Muhabbat ham ibodatdir.
So’nggi izohlar