Bosh sahifa

 WEB SAHIFAMIZ MAQSADI NIMA?

Inson borki muloqotga muhtoj. Hammamiz yoru doʻstlar bilan aloqa qilishni xohlaymiz. Oʻzaro doʻstlik, hamkorlik, mehr-oqibat va qaygʻurish kabi sifatlar xalqimiz uchun, jamiyatimiz uchun hamisha zarur boʻlgan va hozir ham zarur. Ikkinchi dolzarb masala — qalb tarbiyasi. Jamiyatimiz yuksalishini, odob-axloq va mehr-oqibatda yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlishini har birimiz istaymiz. Lekin buning uchun ham mehnat zarur, intilish zarur. Qalbni poklash yoki tazkiya qilish uchun biz hamisha yordamga muhtojmiz. Yaratgan duo qilib, yaxshi insonlardan maslahat izlab, bu yoʻnalishda ham kurashishimiz, xulqimizni va niyatlarimizni isloh qilib borishimiz lozim.

Ushbu veb-sahifani ochishdan maqsadimiz ham shu: oʻzaro muloqot qilish, qalb tarbiyasi yoʻlida hamkorlik yuritish. Shunday ekan, siz ham oʻz tushunchangiz bilan oʻrtoqlashing, forumlarimizda qatnashing va har xil koʻz qarashlarga nisbatan imkon qadar javoblar yozing. Ahlan va sahlan!

Soʻfiy Allohyor

“Sabotul ojizin” dan Man oʻlsam, ey jamiʼi mahrami roz, Mani oʻzga oʻlukdek qilmang eʼzoz. Xasu xor ustiga tashlang, tutung xor, Qiling mandek bahoyim jismidin or. Boʻsagʻa ustiga tashlab tanimni, Kafan aylang chirik pirohanimni....

0 comments

Yodgor Obid: Turkiston

Xayoldan, tuygʻudan, rangdan iborat- Orzular sharbatin emgan hayajon. Asli saхovatning ramzidir faqat – Oʻzbek yuragiday ochiq dasturxon. Shirin bir entikish, shirin halovat – Koʻngilni qalqitar. Yogʻdirar surur, Ochiq dasturxonga qilaman daʼvat … Doʻstlar...

0 comments

Qoʻshiqlardan

Manam Majnuni ishq, doʻstlarki, bir Layloni izlarman, Jamoli gul, sochi sunbul, koʻzi shahloni izlarman, Ajab bir tiyra dildurman, qamar siymoni izlarman, Mani ishqida zor etgan qadi zeboni izlarman, O’shandoq ofati jon shoʻxi beparvoni...

0 comments

Aʼzam Oʻktam: “Qirqinchi bahor” kitobidan

Bobolarim Ularda har ne oq, har ne nuroniy, “Qoralagan” demay qalam tek qolar. Duo birla  suyab turar dunyoni Paygʻambar yoshini OQLAGAN chollar. Tilim Tilimdan bol tommas, achchiq ham emas, yaraydi qalbdagin izhor etishga....

0 comments

Nay taronasi: Rumiy

Tingla, nay andoq hikoyatlar qilur, Ayriliqlardan shikoyatlar qilur. Men qamish erdim, kesib keltirdilar, Sanchilur, deb taʼnaga oʻldirdilar. Pora-pora qildi koʻksimni firoq, Baski, soʻylay emdi dardu ishtiyoq… Kim yiroq tushsa, yoʻqotsa aslini, Boz istar,...

0 comments

Tariqat nima?

(“Tazkirotul-Avliyo” kitobidan) Naql qiladilarki, bir odam doim tariqat ahlini tanqid qilib yomonlab yurar ekan. Bir kuni Zunnun oʻzining bir uzugini unga berib, bozorga olib bor, bir dinorga garovga qoʻy, deydi. Lekin bozorda uzukni...

0 comments

Mansur Xalloj

(“Tazkirotul-Avliyo” kitobidan)   Aytadilarki, Mansur Xallojdan soʻrabdilar: “Sabr nima?” U javob beribdiki: “Oyoq-qoʻlni qirqadilar va dorga osadilar”. Qiziqki bu gap uning oʻziga tatbiq boʻldi: uning oʻzining qoʻl-oyoqlarini qirqdilar va dorga osdilar.  Uning aytgan soʻzlari...

0 comments

Tazkirotul-аvliyo

Shukr va sano ul Xoliqi behamtogakim, bizni yoʻqdan bor qildi, iymon, maʼrifat, ilmu adab, hikmat baxsh etdi. Va Oʻzining vahdati zotini, asma-i sifatini biz qullariga bildirdi. Va yana kamoli karamidan diydorini moʻʼminlarga koʻrsatgay....

0 comments

Asr surasi

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). “Asrga qasamki, (barcha) inson ziyon-baxtsizlikdadir. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir-birlariga Haq (yoʻli) ni tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu Haq yoʻlida) sabr-toqat qilishni...

0 comments

Abdurauf Fitrat: Hind sayyohi

Abdurauf Fitratning mashhur kitoblaridan biri. Kitobda bir hind sayyohining oʻzbeklar diyorida qilgan sayohati bayon qilingan. Китобнинг ПДФ шаклини ўқиш учун мана шу линкни босинг.

0 comments

Islom va Zamon: H.Hakim

Китобни ПДФ да тўлиқ ўқиш учун ушбу линкни босинг SOʻZ BOSHI “Islom va zamon” kitobi musulmonlarning bugungi muammolari, kelajak avlodni, qizlarni maktablarda yaxshi oʻqitish, maktablardagi taʼlim sifatini yaxshilashga harakat qilish, ichki ziddiyatlarni yoʻqotish,...

0 comments

Doktor Shafe’iy Kadkaniy

Xomushona Mening xomushgina shahrim, qani ruhbaxsh bahorlaring? Qayda sho‘ru shaydoyi ul hazorlaring,  hazorlaring? (hazor – bulbul degan ma’noni ham beradi) Har bir yaproq  tomirida xazon  xunobasi yuzgay, Qani subhidam nakhati, shirin bo‘yli  bahorlaring?  ...

0 comments